Nikolas Gaytan Evropaga qaytdi
Argentinalik yarim himoyachi Nikolas Gaytan Frantsiya chempionati vakili "Lill" klubi safini to‘ldirdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 31 yoshli yarim himoyachi frantsuz klubiga erkin agent sifatida kelib qo‘shildi. Uning "Lill" bilan shartnomasi mavsum so‘nggigacha amal qiladi. Argentinalik futbolchi yangi klubida 20 raqam ostida to‘p suradi.
Gaytanning so‘nggi klubi MLS chempionatining "Chikago Fayr" klubi bo‘ldi. U amerika klubi libosida 13 ta o‘yinda ikkita gol kiritishni uddaladi.
Fikrlar