
Nimchorak finalda "Paxtakor"ga kim raqiblik qiladi?
"Al-Hilol" klubi musobaqadan chetlashtirilganidan so‘ng, Toshkent klubi "B" guruhi etakchisiga aylandi va "A" guruhida ikkinchi pog‘onani egallagan jamoaga qarshi bahs olib boradigan bo‘ldi.
Osiyo Chempionlar ligasining 1/8 final bosqichida "Paxtakor" klubiga Eronning "Istiqlol" jamoasi raqiblik qiladi. "A" guruhining so‘nggi tur uchrashuvida Saudiyaning "Al-Ahli" klubini yirik 3:0 hisobida taslim etgan Eron vakillari ochkolari sonini 5 taga etkazib, Iroqning "Al-Shorta" jamoasidan o‘tib ketdi. Iroqliklar hisobida ham 5 ochko bor, ammo o‘zaro o‘yinlarda ham ikki marta 1:1 hisobi qayd etilgandi va to‘plar nisbatiga ko‘ra, "Istiqlol" "sherlar"ning navbatdagi raqibiga aylandi.
Fikrlar