
No‘’mon Hasanov iste’foga chiqdimi? "Qo‘qon-1912" klubi matbuot xizmatidan javob
So‘nggi paytlarda "Qo‘qon-1912" klubi atrofida har xil gap so‘zlar urchidi. No‘’mon Hasanov "Qo‘qon-1912" klubi murabbiylik lavozimini tark etgan emish. Biz esa ushbu xabarlar haqiqatga qanchalik yaqin ekanligini bilish maqsadida klub matbuot xizmati xodimi Akramxon Mamadaliev bilan bog‘landik.
Akramxon Mamadaliev SPORTS.uz saytiga murabbiy bilan bog‘liq vaziyatga quyidagi fikrlarni bildirdi.
- No‘’mon Hasanov "Qo‘qon-1912" klubining bosh murabbiyi. Uning klub bilan shartnomasi bor. Rasmiy tarzda klubni tark etmagan. Shuning uchun agar No‘’mon Hasanov "Qo‘qon-1912" klubini tark etadigan bo‘lsa, bu haqda, albatta, ma’lumot beramiz, - dedi klub matbuot xodimi.
Eslatib o‘tamiz, No‘’mon Hasanov AGMKga qarshi yirik hisobdagi mag‘lubiyatdan so‘ng iste’foga chiqishga tayyorligini bildirgandi.
Fikrlar