Nodirbek Abdusattorov: "Ha, juda hayajondaman"
Xabaringiz bor, 2024 yil 25 dekabrdan 2025 yil 1 yanvarga qadar AQShning Nyu-York shahrida “Rapid va blits bo‘yicha Jahon chempionati” bo‘lib o‘tadi.
Unda umumiy 189 nafar shahmatchilar ishtirok etishi kutilmoqda. Musobaqa favoritlaridan biri Nodirbek Abdusattorov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Ha, men juda hayajondaman, bu Nyu-Yorkka birinchi tashrifim.Bu shahar juda go‘zal va haqiqatan noyob muhitga ega. Menga juda yoqdi va albatta, juda hayajondaman hamda sabrsizlik bilan (rapid va blits jahon chempionatini) kutyapman", - dedi Abdusattorov.
Ma’lumot uchun, to‘rtta tadbir bo‘yicha taqsimlangan musobaqaning umumiy mukofot jamg‘armasi 1 428 500 dollarni tashkil qiladi. Turnirda Abdusattorovdan tashqari, Shamsiddin Vohidov, Javohir Sindarov, Jahongir Vohidov, Muhiddin Madaminov va Afruza Hamdamova kabi hamyurtlarimiz ishtirok etadi.
Fikrlar