Norboy Muallim : Superliganing birinchi turda kimlar "qovun" tushirdi? (TOP 5)

  • 6 mart, 2023, 10:05
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Endilikda, SPORTS.uz Superliga tur yakunlariga ko‘ra eng  “yaxshilar”ni aniqlab boradi. Xo‘sh, birinchi turda kimlar o‘zini yomon tomondan qolganlardan ko‘ra «yaxshiroq» ko‘rsatdi? Bizda beshta variant bor. Matn kattalashib ketmasligi uchun qisqa va lo‘nda tushuntiramiz!

Tecno

5 o‘rin.

Rahimjon Davronov – Eng noto‘g‘ri variant

“Turon” posboni TOP 5 ni ochib beradi. Bir qarashda havli bo‘lmagan zarbani bartaraf eta olmagan qahramonimiz o‘yin davomida birorta epizodda jamoasi joniga oro kirishni uddalay olgani yo‘q. Zarbaga e’tibor qiling. To‘p o‘zi Davronovni qidirib qo‘llari tomon bordi. Zarba kuchli emas edi. Traektoriyasi ham juda sodda bo‘lishiga qaramay, uni  chetga yoki oldinga urib yuborish o‘rniga o‘z darvozasi tomon yo‘naltirgan posbon jamoasini ancha murakkab vaziyatga solib qo‘ydi.

4 o‘rin.

Silvanus Nimeli – Qosimovni xursand qilgan yigit!

Silvanus Nimelini tanqid qilish qay darajada to‘g‘ri? Bitta hujumchi bo‘lsa, shunchalar bo‘lar. Standartdan gol urdi-ku! Ha bu fikrga qo‘shilaman, ammo eng katta omilni unutmaslik lozim! “Surxon” forvardi birinchi bo‘lim so‘nggilarida super imkoniyatga chiqib uni golga aylantira olmadi. U birga-bir vaziyatga chiqibgina qolmay, hech qanday himoyachilar qarshiligiga uchragani yo‘q. O‘yindan so‘ng, matbuot anjumanida Mirjalol Qosimov ham aynan o‘sha imkoniyat gol bilan yakunlanganida, bahs jamoasi uchun umuman boshqa tomonga qarab burilib ketishi mumkinligini ta’kidladi. Nimeli 100 foizli imkoniyatni havoga uchirib “Surxon”ni (kamida) ochko ishlab olish imkoniyatidan ayirdi. Bu gol urish emas, Bahsda burilish yasash imkoniyati edi…

3 o‘rin.

Oybek Bozorov – Katta bo‘lish payti kelmadimi?

TOP glavniyga

“Andijon”ni o‘z uyida qabul qilgan “Nasaf” bahs oldida favorit edi. Barchasi kutilgan stsenariy ostida kechdi. “Burgutlar” zich himoyalandi. “Ajdarlar” katta kuch bilan oldinga o‘tdi. Vodiydan kelgan yigitlar ora-orada qarshi hujumlar uyushtirishni ham unutgani yo‘q. Kiritilgan golga-ku gap-so‘z bo‘lishi mumkin emas. Xo‘sh, “Nasaf”ning mag‘lubiyatida Oybek Bozorovning qanday xatosi bor? Yaxshi savol. Barchasi bahs borishi bilan bog‘liq. “Nasaf” 3 ta himoyachi bilan harakat qilgani bois, to‘p nazorati to‘liq maydon egalarida bo‘ldi. Pozitsion hujumlar ketma-ketligi ham “Nasaf” uchun naf bermadi. Tartibli himoyalanayotgan raqib mudofaasini yorib o‘tishni zamonaviy futbolda ikkita sinalgan uslubi bor. Biri driblinggi kuchli futbolchining individual  harakati bo‘lsa, ikkinchisi etakchilarning nostandart qarorlari. Eng qizig‘i, Bozorov bu ikki kriteriyaga ham birdek mos keladi. U Superligadagi eng texnikasi kuchli (foydali dribling bo‘yicha ham yaqqol etakchi) ijrochi bo‘libgina qolmay, bugungi “Nasaf”ning asosiy yulduzi. Aynan u “Andijon” bilan o‘yinda etakchilikni o‘z qo‘liga olishi, “Andijon”ning zich himoyasini dribling yoki fint yordamida yorib o‘tishi kutilgan edi. Amalda, u 90 daqiqa davomida ikkita yaxshi imkoniyatdan foydalana olmadi. Oybek endi 17 yoshli o‘spirin emas. Ulg‘ayish va jamoa etakchiligini elkaga olish payti keldi. Abadiy “yosh va iqtidorli” unvoni bilan yurishning imkoni yo‘q.

2 o‘rin.

Baxtiyor Ashurmatov – Bo‘ridan qo‘rqqan, o‘rmonga kirmasligi kerak!

ashuramtgw

“Tulporlar” uchun o‘yin omadsiz boshlanganiga qaramay, ikkinchi bo‘limda vaziyatni o‘nglash uchun jamoa o‘zida kuch topdi. Avvaliga hisob tenglashgan bo‘lsa, 51 daqiqada “Buxoro” maydonda bir kishi kam bo‘lib harakat qilishni boshladi. Aynan o‘sha daqiqadayoq Baxtyor Ashurmatov reaktsiya berishi shart edi. Zaxiradagi futbolchilarni o‘yinga tashlab, bahsga tanlangan sxema o‘zgartirilishi yoki kengroq o‘ynab raqibni o‘z jarima maydonchasiga qamab tashlashi ham mumkin edi. Umuman, murabbiy raqib bir kishi kam bo‘lib qolganini o‘z foydasiga hal eta olgani yo‘q. Bu taktik qo‘pol xato sanaladi. Boz ustiga, qizil kartochkadan 20 daqiqa o‘tibgina bir futbolchi o‘yinga qo‘shildi. Unga qadar, Ashurmatov tavakkal qilishdan (g‘alaba uchun o‘ynashdan) qo‘rqdi. Gol o‘tkazib yuborgan keyin (81 daqiqada) o‘zgarish qilgan mutaxassis hammani oldinga o‘ynashga buyurdi. Natijada, hujumda bir kishi ko‘p bo‘lib harakat qilish o‘rniga, “Turon”da haus kuzatildi.To‘p nazoratini to‘liq qo‘lga olib, 10 kishi bo‘lib harakat qilayotgan “Buxoro”ni  o‘z jarima maydonchasiga qamab tashlash o‘rniga, maydon egallari markazdan qilingan hujumni o‘tkazib yuborishdi. 1:2 dan keyin, o‘yinni qutqarib qolish maqsadida qilingan o‘zgartirishlar jamoaning o‘yinidagi tartibni yo‘qolishiga olib keldi. Pala-partish harakatlar esa, “Buxoro” foydasiga ishladi. Xullas, Ashurmatov bemalol mag‘lubiyatning kattagina qismini indamay bo‘yniga olishi mumkin.

1 o‘rin.

Eldor Suyunov – Qanotsiz qush

Qgngto‘m

So‘nggi yillarda “Paxtakor” posbonlari keskin tanqidlarga uchrayotgani rost. Bir qarashda ikkita teng kuchli posbonga ega bo‘lsada, “sherlar” ko‘p hollarda kiperlarning yomon o‘yinidan aziyat chekmoqda. Eldor Suyunov ham birinchi turni ochib bergan “Olimpik”ka qarshi bahsda “katta sahnaga” chiqdi. Avvaliga Alisher Odilovga qarshi foul ishlatib penaltiga sababchi bo‘ldi. Ikkinchi golda to‘p uchun chiqishda kech qoldi. Eng qizig‘i, bu Suyunovni 1 pog‘onani egallashiga asosiy sabab emas. Eldor oyoq bilan yaxshi o‘ynashi shart bo‘lgan bahsda himoyachilarga yordam berishni uddalay olgani yo‘q. Butun o‘yin davomida pressing qilgan “Olimpik”ka qarshi “Paxtakor” juda ham qiynaldi. “Olimpiyachilar”ning erta pressingini engib o‘tish aynan Suyunovning oyooq bilan xotirjam paslariga bog‘liq bo‘lib qolgan edi.

Aynan shu omil  “Paxtakor”ga butun jamoa bo‘lib pressingda ishlayotgan raqibni zararsizlantirishda taktik qurol bo‘lib xizmat qilishi mumkin edi, ammo barchasi aksincha bo‘lib chiqdi. Eldor to‘pni o‘yinga kiritishda bir nechta braklarni amalga oshirdi. Nazoratni sevuvchi Kapadze shogirtlari esa, to‘pni yaxshi ushlab turdi. Natijada, "Paxtakor" to‘pni olib qo‘yish uchun katta kuch sarflashga majbur bo‘ldi. Bu "Kapa" - "Maks" qarama-qarshiligadigi xal qiluvchi faktorlardan biriga aylandi. Qisqasi, darvozabon oyoqda ham huddi qo‘lda o‘ynagandek 90 daqiqa harakat qildi. Darvozasiga yo‘llanilgan 5 zarbaning 3 tasi golga aylandi. 3 tasi KARL! Bunday statistika va taktik xatodan so‘ng, boshqa bir futbolchi undan hafta "qahramoni" unvonini tortib olishi imkonsiz edi.

Sizningcha, bu TOP 5 da yana kimlar o‘rin egallashga “haqli” edi?

N.M

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Комил Холмирзаев
06/03/2023 17:00
Бугунги тахлилдан шуни тушундимки Норбой муаллим аслида Яхехужани узи экан ишларизга омад зур 50 йиллик футбол мухлиси
Сидиқов Дилмурод
06/03/2023 14:39
Surhon xujumchisidagi vazyat 100 foiz deyilmaydi xatto penaltidan 100%mas bunday vaziyatlar istalgan xujumchida boʻlishi mumkin oʻyin davomidagi xarakatlaridan kelib chiqsak