
Norchaev, Erkinov, Xolmatov - mavsumning yosh yulduzi kim bo‘ladi?
Yil davomida o‘zini har jihatdan namoyish etgan holda futbolimiz jamoatchiligi e’tirofiga sazovor bo‘lgan futbolchi, futzalchi, murabbiy hamda yana ko‘plab futbol jonkuyarlarini taqdirlash maqsadida O‘FA hamda O‘zPFL mavsum yakunlariga bag‘ishlab yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimi – "UZ Football Awards" tadbirini o‘tkazadi.
Ushbu taqdirlash marosimida mavsumning yosh yulduzi bo‘lish uchun nomzodlar bilan tanishing:
Hojimat Erkinov (“Paxtakor”, O‘zbekiston milliy va U23 terma jamoasi) — O‘zbekiston Superkubogi-2021 sohibi, Superliga-2021 chempioni, O‘zbekiston kubogi-2021 finalchisi;
Asadbek Jo‘raboev (“Navbahor” U18) — O‘zbekiston U18 chempionati-2021 bronza medali sohibi va to‘purari;
Muhammadali O‘rinboev (“Paxtakor” asosiy jamosi, U21, U18, U16 jamoasi, O‘zbekiston U16 terma jamoasi) — Superliga-2021 chempioni, U21 vitse-chempioni, U18 vitse-chempioni, U16 chempioni;
Diyor Xolmatov (“Paxtakor” va O‘zbekiston U23) — Superliga-2021 chempioni, O‘zbekiston kubogi-2021 finalchisi;
Husain Norchaev (“Nasaf”, O‘zbekiston milliy va U23 terma jamoasi) — O‘zbekiston kubogi sohibi, OFK Kubogi-2021 finalchisi va to‘purari;
Behzod Shamsiev (“Olimpik” va O‘zbekiston U23 terma jamoasi) — Pro-liga uchinchi o‘rin sohibi, Superliga-2022 yo‘llanmasi;
Husain Ergashboev (“Navbahor” asosiy va U21 jamoasi) — U21 chempionati to‘purari.
Fikrlar