Norxonov dubl qayd etgan o‘yinda "So‘g‘diyona" yirik hisobda g‘alaba qozondi
Yangi mavsumga Toshkentda tayyorgarlik olib borayotgan Jizzaxning “So‘g‘diyona” klubi bugun Pro-ligada ishtirok etuvchi “Surxon” klubiga qarshi nazorat uchrashuvi o‘tkazdi.
Ushbuda o‘yinda Aleksandr Mochinov boshqaruvidagi jamoa Shohruz Norxonov (2 ta) hamda Otabek Isroilovlar tomonidan kiritilgan gollar evaziga 3:0 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Nazorat o‘yini
“So‘g‘diyona” (Jizzax) – “Surxon” (Termiz) 3:0
Gollar: Shohruz Norxonov (2 ta), Otabek Isroilov
“So‘g‘diyona”: Dilshod Hamroev, Doniyor Odilov, Sardor Qulmatov, Jasurxo‘ja Ismoil, Andrey Sidorov, Izzatilla Abdullaev, Orifxo‘ja Abduholiqov, Axror Umarxodjaev, Dilmurod Karimov, Mirkomil Lokaev, Islom Sharipov.
Zahiradan maydonga tushganlar: Shirinboy Abdullaev, Shoxrux Xolmatov, Elyor Orifov, Farxod Miraxmatov, Umidjon Qodirov,Sardor Azimov, Azamat Isroilov, Shoxruz Norxonov
“Surxon”: Matniyozov, Normurodov, Abdullaev, Xoliqulov, Yo‘ldoshev, Quziev, Haydarov, Norov, Xasanov, Xushbakov, Usmonov
Zahira: Axmadov, Kagirov, Komilov, Murodov, Mirzaev, Po‘latov, Abdug‘aniev, Ravshanov.
Fikrlar