Noyer 9 seyv bilan 9 yillik natijasini takrorladi
"Bavariya" darvozaboni Manuel Noyer Chempionlar ligasi chorak finalida "Real"ga qarshi ilk uchrashuvda (2:1) jamoasining haqiqiy qahramonlaridan biriga aylandi.
40 yoshli nemis posboni mazkur bahsda 9 ta seyv amalga oshirdi. Bu uning myunxenliklar safida 2020 yil noyabridan buyon eng yaxshi ko‘rsatkich boʻldi.
Shuningdek, bu Noyerning Chempionlar ligasi pley-off bosqichida so‘nggi 9 yil ichidagi eng yuqori natijasi sifatida qayd etildi.
Bundan oldin u 2017 yil aprel oyida ham aynan "Real"ga qarshi chorak final bahsida 10 ta seyv bilan yanada yuqori ko‘rsatkich qayd etgan edi.
Fikrlar