Noyer kubok bahsida "Bavariya"ga yordam berolmaydi

  • 01.04.2019 22:51
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Myunxenning "Bavariya" klubi darvozaboni Manuel Noyer jarohati sabab Germaniya kubogi 1/4 finalidan o‘rin olgan "Xaydenxaym"ga qarshi bahsda ishtirok etolmaydi. Bu haqda jamoa bosh murabbiyi Niko Kovach xabar bermoqda.

Xorvatiyalik mutaxassis ushbu o‘yinda darvozani Sven Ulrayxga ishonib topshiradi. "Bavariya" - "Xaydenxaym" bahsi 3 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!