Nunes APLning eng yomon hujumchisi (statistika)

  • 27.12.2022 05:00
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Darvin Nunes "Aston Villa"ga qarshi uchrashuvda 4 ta golli vaziyatni yo‘qqa chiqardi. 

Ushbu vaziyatlardan 3 tasi birinchi bo‘limda sodir bo‘ldi. APLdagi hech bir futbolchi joriy mavsum bir uchrashuvda bu qadar ko‘p imkoniyatni ko‘kka sovurmagandi. 

"BBC" bergan xabarga ko‘ra, "Liverpul" hujumchisi joriy mavsumda 25 foizlik ko‘rsatkich qayd etmoqda. Aniqrog‘i, u 16 ta yaqqol vaziyatdan 4 ta gol urgan. Bu Premer-Liga futbolchilari orasidagi eng yomon ko‘rsatkich hisoblanadi.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!