
Nunes "Ronaldu yoki Messi" degan savolga kutilmagan javobni berdi
"Liverpul" hujumchisi Darvin Nunes jurnalistning: "Kim kuchli, Ronaldu yoki Messi?", degan savoliga kutilmagan javobni taqdim etdi.
Urugvaylik futbolchi jurnalistga "Saloh", deb javob berdi. E’tiborlisi, xuddi shu paytda Muhammad uning yonida turgandi.
Nunes joriy mavsum avvalida 80 million evro evaziga "Benfika"dan mersisaydliklar tarkibiga kelib qo‘shildi. Bu vaqt oralig‘ida 23 yoshli forvard 21 uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 9 gol va 3 assistni yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan.
Fikrlar