
Nurillo To‘xtasinov "Bunyodkor"dagi taqdiri va qarzdorlik masalasi haqida gapirdi
“Bunyodkor” klubining iste’dodli yarim himoyachisi Nurillo To‘xtasinov o‘tgan mavsumda o‘zining ajoyib o‘yinlari-yu, gollari bilan muxlislarning olqishlariga sazovor bo‘ldi. Ayni paytda u ham yangi jamoasi bilan mashg‘ulotlarga kirishgan.
Ma’lumki, oxirgi paytlarda “Bunyodkor”ning futbolchilardan bo‘lgan qarzdorligi to‘planib qolgani haqida xabarlar chiqqandi. To‘xtasinov sports.uz muxbiriga klubdagi vaziyat, keyingi taqdiri kabi ayrim masalalarga oydinlik kiritdi.
- “Bunyodkor” bilan yana bir yillik shartnomam bor. Shuning uchun yana klubda qolsam kerak. Takliflar hozircha bo‘lgani yo‘q. Amalda shartnomam borligi sababli hozircha jim-jimtlik.
Oylik maoshlar to‘liq hisob-kitob qilindi. Faqat mukofot pullari qoldi. Ammo ularni ham hal qilishlarini aytishyapti. Klub rahbari o‘zgardi, Shuhrat aka Maqsudov bo‘ldi. Hammasi yaxshi bo‘lishi haqida gapirdi.
Ortda qolgan yil esa men uchun yaxshi o‘tdi. Yilning ramziy terma jamoasidan joy oldim. Yangi mavsumda eng yaxshi o‘yinchi bo‘lishga harakat qilaman.
Eng chiroyli golim? “Paxtakor” darvozasiga kiritgan golimni aytgan bo‘lardim, - dedi Nurillo To‘xtasinov.
Fikrlar