Nurmagomedov: Fergyuson bilan jang chempionlik kamari uchun bo‘ladi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

MMA jangchisi Xabib Nurmagomedov Konor Makgregor jamoasining Floyd Meyvezer bilan revansh jang o‘tkazishi mumkinligini ta’kidlab o‘tgan. Rossiyalik sportchi shuningdek, Toni Fergyuson bilan kutilayotgan jang chempionlik to‘qnashuvi bo‘lishini qo‘shimcha qilgan.

Makgregor 15 oy davomida oktagonda jang qilmaydi, shuning uchun u MMAga qaytadi deb o‘ylamayman, – deydi Nurmagomedov. – U hali ham bokschi. Makgregor jamoasi Floyd Meyvezer bilan revansh jangiga harakat qilayotir. Bu bilan birga Toni Fergyuson va Meyvezer bilan ham urishishi mumkin.

Men Fergyuson bilan jang borasidagi shartnomani imzoladim, shuning uchun men bu jangning chempionlik uchun bo‘lishiga ishonchim komil. Bu Konorning kamardan mahrum bo‘lishini anglatadi.

Eslatib o‘tamiz, Nurmagomedov - Fergyuson jangi 7 aprel kuni Nyu-Yorkda tashkil etiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!