Nurmagomedov kelasi oy debyut qilishi mumkin

  • 11.11.2020 17:00
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Rossiyalik jangchi Umar Nurmagomedov UFCdagi debyuti qachon bo‘lib o‘tishi mumkinligi haqida gapirdi.

"Yil yakuniga qadar jang qilishimga umid qilaman. Agar vizadan muammo bo‘lmasa, 19 dekabr kuni oktagonga ko‘tarilishim kerak," - dedi Habib Nurmagomedovning jiyani.

Umar "UFC 254" turnirida Sergey Morozovga qarshi bahslashishi kerak edi, ammo infektsiya tufayli jang amalga oshmay qoldi.

19 dekabr kuni Las-Vegasda UFCning bu yilgi final turniri bo‘lib o‘tadi. Kechaning markaziy jangida Xamzat Chimaev va Leon Edvards qarama-qarshiligi kuzatiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!