Nurmagomedov Makgregor bilan tekinga urushishga ham tayyor
Rossiyalik aralash jang san’atlari ustasi Xabib Nurmagomedov irlandiyalik Konor Makgregor Bilan bepul jang qilishga tayyor.
31 dekabr kuni Nurmagomedov hakamlarning bir ovozdan bergan qaroriga ko‘ra, braziliyalik Edson Barbozani mag‘lub etgan edi va bu jangdan 160 ming dollar ishlab olgan.
– Makgregor bilan bo‘ladigan jangdan qancha ishlab olmoqchiman? Nol. Menga haqiqiy titul jangi kerak, pul emas, – deydi Nurmagomedov. – Men tarixga kirmoqchiman, shuning uchun bu erdaman.
> Nurmagomedov yana Makgregorga hazil qildi (foto)
Nurmagomedov avvalroq bir necha marta Makgregor bilan chempionlik jangini o‘tkazishni xohlayotganini ma’lum qilgan edi. Biroq mutloq janglar chempionati (UFC) rahbariyati bunga ruxsat berishmadi. O‘z navbatida Makgregor ham Nurmagomedov bilan jang qilishni istayotganini yashirmayapti.
Eslatib o‘tamiz, rossiyalik jangchi hisobida 25 g‘alaba mavjud. U biror marta mag‘lubiyatga uchramagan. Makgregor esa aralash yakkakurashlarda 24 jang o‘tkazib, 21 g‘alaba va 3 mag‘lubiyat qayd etgan.

Fikrlar