Nursulton Ro‘ziboev Ekaterinburgda raqibini ayab o‘tirmadi (video)

CHERY AUTO

Avval xabar berganimizdek aralash yakkakurashlarda muvaffaqiyatli faoliyat olib borayotgan hamyurtimiz Nursulton Ro‘ziboev o‘zining navbatdagi jangini bugun Rossiyaning Ekaterinburg shahrida o‘tkazdi.

Tecno

Ushbu to‘qnashuvda Nursultonga chechenistonlik Jangchuraev Axmat raqiblik qildi. Mazkur jangning 1-raundida hamyurtimiz raqibini nokautga uchratdi va navbatdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Quyida ushbu jangning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:

Endi Nursulton 22 noyabr kuni Bishkek shahrida bo‘lib o‘tadigan “WEF GLOBAL 10” turnirida ishtirok etish uchun Qirg‘izistonga yo‘l oladi. Mazkur musobaqada u mezbonlar vakili Erbolot Omorzakov bilan kuch sinashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!