Nursulton Ro‘ziboev ishtirokidagi jang bir raund davom etdi

  • 20 fevral, 2021, 19:58
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Hamyurtimiz MMA jangchisi Nursulton Ro‘ziboev navbatdagi jangini o‘tkazdi. U Rossiyaning Samara shahrida “Open Fighting Championship” turniri doirasida ukrainalik Bogdan Kotlovyanovga qarshi oktagonga ko‘tarildi. Jang birinchi raundning o‘zidayoq o‘z yakuniga etdi.

Tecno

Yurtdoshimiz “parter”da xech qanday imkoniyat qoldirmagan holda, bo‘g‘ish uslubi bilan ukrain jangchisini mag‘lub etdi. Shu tariqa Ro‘ziboev faoliyatidagi 29–g‘alabasini qo‘lga kiritdi.

Mazkur jangni SPORT TV kanali jonli ravishda 18:00 dan boshlab efirga berishni rejalashtirgan edi. Biroq, ba’zi sabablarga ko‘ra, bu amalga oshmadi va yozib olingan holatini 21:55 dan efirga uzatadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!