"Nursulton Team" klubi a’zosi Nursulton Ro‘ziboev bilan bir kechada jang o‘tkazadi

  • 3 aprel, 2022, 15:00
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

10 aprel kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida o‘ziga xos MMA kechasi o‘tkaziladi. Ya’ni, "WEF 115 Global 17"-NWPA turniri tashkil etiladi. Mazkur jang kechasi doirasida yurtimizning mashhur MMA vakillari  Nursulton Ro‘ziboev (34-8-2) Kleber de Souza Silva (20-13-1) bilan Mashrabjon Ro‘ziboev (14-4-1) esa Charlz Oliveyraga qarshi oktagonga ko‘tarilishi haqida xabar bergandik. Sports.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha ushbu jang kechasida yana bir hamyurtimiz, Kamoliddin Mamajonov (4-1) ham o‘z jangini o‘tkazadigan bo‘ldi. Unga rossiyalik Maksim Tkachenko (2-6) raqiblik qiladi. Jang yarim og‘ir vazn (93 kg) toifasida bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot uchun, Kamoliddin Mamajonov Nursulton Team klubi vakili bo‘lib, Bekzod Jiyanov hamda Nursulton Ro‘ziboevlar qo‘l ostida mashg‘ulotlar olib boradi.

Tecno

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!