
"Nyukasl" braziliyalik futbolchini nishonga oldi
"Nyukasl" jamoasi "Lion" futbolchisi Lukas Paketani o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Klub braziliyalik futbolchi uchun 50 million funt to‘lashni maqsad qilgan.
Bu jamoa tarixidagi rekord darajadagi transfer bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, qishda "qarg‘alar" frantsuz klubidan 42 million funt evaziga Bruno Gimaraeshni sotib olgandi. Ayni paytda, ushbu transfer jamoa uchun rekord hisoblanadi.
24 yoshli yarim himoyachi joriy mavsum Frantsiya jamoasi safida 78 o‘yinda maydonga tushib, 21 gol urgan va 13 assistni amalga oshirgan.
Fikrlar