"Nyukasl" Madrid klubi etakchisiga 60 million evro taklif qildi
Angliyaning "Nyukasl" klubi yozda "Atletiko" yarim himoyachisi Yannik Karraskoni sotib olishni istamoqda.
El Chiringuito TV xabariga ko‘ra, ingliz jamoasi belgiyalik futbolchi uchun 60 million evro to‘lamoqchi. "Oq-qoralar" bu taklif Madrid klubiga ma’qul kelishiga umid qilmoqda .
Xabarlarga ko‘ra, "Nyukasl" ustozi Eddi Xau belgiyalikni o‘z jamoasida ko‘rishni xohlamoqda. Shuningdek, futbolchiga Londonning "Tottenxem" klubi ham qiziqish bildirmoqda.
Karraskoning "Atletiko" bilan shartnomasi 2024 yilgacha amal qiladi. Transfermarkt futbolchining narxini 40 million evroga baholagan. Yannik joriy mavsum madridliklar safida 43 uchrashuvda qatnashib, 6 gol va 7 golli uzatma muallifiga aylangan.

Fikrlar