"Nyukasl" "Real"ning ikki yulduziga ko‘z tikdi

"Nyukasl" tarkibini "Real"ning ikki futbolchisi bilan kuchaytirmoqchi.

"Fichajes" nashrining xabar berishicha, "qarg‘alar" qishki transfer vaqtida top xaridlar bilan muxlislarni xursand qilmoqchi. Klub "qirollik klubi"ning oldingi chiziqda harakat qiladigan ikki yulduzi Luka Yovich va Garet Beylni ko‘zlamoqda.

Serbiyalik hujumchi jamoasini o‘zgartirishga qarshi emas. Beylning esa madridliklar bilan amaldagi shartnomasi mavsum yakunida nihoyasiga etadi. "Real" u bilan bitimni uzaytirishni xohlamayapti.

Avvalroq, "Nyukasl" qishda transfer uchun 180 million funt ajratishi haqida yozgan edik. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!