
“Nyukasl”ning sobiq xo‘jayini o‘ziga yangi klub sotib olmoqchi
“Nyukasl Yunayted” klubini saudiyalik investorlarga sotib yuborgan milliarder Mayk Eshli xobbisidan voz kechmoqchi emas va o‘ziga yangi klub xarid qilmoqchi.
The Mirror nashrining xabar berishicha, Mayk Eshli “Derbi Kaunti” klubiga xaridor bo‘lyapti. Ma’lumotlarga qaraganda, millarder “Derbi Kaunti”ga bo‘lajak savdo masalasini muhokama qilish uchun o‘z vakillarini jo‘natgan.
“Derbi Kaunti” ayni paytda Angliyaning ikkinchi darajali ligasi – Chempionshipda ishtirok etmoqda. 11-tur yakunlariga ko‘ra, atigi ikki ochko jamg‘argan jamoa musobaqa jadvalining oxirgi pog‘onasida turibdi.
Ma’lumki, Maykl Eshli "Nyukasl"ni saudiyalik investorlarga 360 million evroga sotib yuborgan edi.
Fikrlar