O'zbekiston terma jamoasi AQShni mag'lub etdi
O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi (U-23) navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvida AQSh yoshlar terma jamoasi (U-21) ustidan g‘alaba qozondi.
Bellashuv Sloveniyaning Rogaška-Slatina shahrida joylashgan "Športni center Rogaška Slatina" stadionida o‘tkazildi. Uchrashuv yagona gol evaziga 1:0 hisobida o‘zbekistonlik yoshlar foydasiga yakunlandi.
Bu g‘alaba O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi uchun so‘nggi oylardagi ilk muvaffaqiyat bo‘ldi. Jamoa avvalgi o‘rtoqlik o‘yinlarida bir qator mag‘lubiyatlarga uchragan edi: iyun oyida Yaponiya U-21 termasiga 0:1 hisobida yutqazgan, mart oyida esa Albaniya U-21 (2:3) va Rossiya yoshlar terma jamoasiga (1:2) mag‘lub bo‘lgan.
AQSh yoshlar termasi ustidan qo‘lga kiritilgan bu g‘alaba o‘zbekistonlik futbolchilarga noxush seriyani to‘xtatish, shuningdek, kelgusi xalqaro musobaqalar oldidan tayyorgarlikning navbatdagi bosqichini ijobiy ruhda yakunlash imkonini berdi.

Fikrlar