Obameyang faoliyatini qaysi jamoada davom ettirishiga shama qildi

  • 7 iyul, 2020, 00:32
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Arsenal" klubi forvardi Per-Emerik Obameyang muxlislarga jamoada qolishi mumkinligiga shama qildi.

Tecno

Gap shundaki, gabonlik futbolchi instagramdagi sahifasida jonli efirda muxlislar bilan suhbatlashgan. Suhbat davomida ishqibozlardan biri undan jamoada qolishni so‘ragan. Shunda Obameyang bir necha bor ko‘zlarini qisib, “Arsenal”da qolishiga sha’ma qilgan.

31 yoshli Obameyang joriy mavsum “Arsenal” safida 37 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 22 ta gol hamda 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!