Obameyang tamom!

  • 06.01.2023 11:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

“Chelsi” hujumchisi Per-Emerik Obameyang kutilmaganda “Manchester Siti”ga qarshi o‘yinning debyutidayoq zaxiradan maydonga tushdi, biroq u bunga umuman tayyor emasdek tuyuldi. Natijada u ikkinchi bo‘limda yana zaxiraga olindi.

Angliyalik sobiq hujumchi Kris Sattonning fikricha, bunday o‘yindan so‘ng Obameyangning “aristokratlar” safidagi faoliyati nihoyasiga etishi mumkin.

“Obameyang xuddi maydonda va umuman stadionda bo‘lishni istamagan odamga o‘xshardi. Unda ishtiyoq yo‘q edi. Qiziq, Potterning u haqdagi rejalari qanday? Obameyangni yana "Chelsi" libosida ko‘rishimizga shubham bor. Bu dahshatli manzara edi”, - dedi Satton BBC Sport nashriga bergan intervyusida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!