
OChL. 6-turning eng yaxshi futbolchisi aniqlandi. Nomzodlar orasida Jaloliddin Masharipov ham bor edi (Foto)
"Paxtakor" klubi Osiyo Chempionlar Ligasi B guruhidan birinchi o‘rin bilan keyingi bosqichga yo‘l oldi. 6-turda "Shahr Xodro" jamoasini 1:0 hisobida mag‘lub etgan "sherlar" etakchisi Jaloliddin Masharipov OChLda hafta o‘yinchisi bo‘lish uchun nomzodlar orasida e’tirof etilgandi.
"Shahr Xodro" - "Paxtakor" bellashuvida kiritilgan yagona gol muallifi aynan Masharipov edi. U darvozani ishg‘ol qilishdan tashqari 55 ta uzatma hamda 3 ta zarba berdi.
Futbolchilarning natijalariga ko‘ra, "Paxtakor"ning bu bosqichdagi raqibi "Istiqlol" hujumchisi Mehdi G‘ayedi eng ko‘p ball to‘pladi. G‘ayedi raqib darvozasini ishg‘ol qilish bilan birga bitta golga assistentlik qilgan. Shu bois u 6-turning eng yaxshi futbolchisi, deb topildi.
Fikrlar