
OChL. Ahmedovning jamoasi Avstraliya klubiga imkon qoldirmadi
Hozirgina OChL 2-turi doirasida “F” guruhidan o‘rin olgan Xitoyning “Shanxay SIPG” hamda Avstraliyaning “Melburn Viktori” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv o‘z nihoyasiga etdi.
Mezbonlar 4:1 hisobida g‘alabaga erishdilar. Hamyurtimiz Odil Ahmedov o‘yinni asosiy tarkibda boshladi va 89-daqiqada zahiraga olindi.
Bu turdan so‘ng "Shanxay SIPG" jamg‘argan ochkolar soni 6 taga etdi va jamoa guruhda etakchilikni o‘z qo‘liga oldi.
OChL. 2-tur
“Shanxay SIPG” (Xitoy) – “Melburn Viktori” (Avstraliya) 4:1 (2:0, 2:1)
Gollar: Xalk (27 penaltidan), Vu Lei (41), Oskar (47, 77) – Berisha (69 penaltidan).
Fikrlar