OChL. Bugun o‘zbek klubi 6-tur o‘yinini o‘tkazadi
Bugun Osiyo Chempionlar ligasi 6-tur uchrashuvlariga start beriladi.
O‘zbekiston Superligasi amaldagi chempioni "Paxtakor" markazlashgan turnirdagi so‘nggi o‘yinini o‘tkazadi. Vakillarimizga Saudiya Arabistonining "Al-Ta’avun" jamoasi raqiblik qiladi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 01:15 da boshlanishi rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun, bugungi bahs oldidan Voyneski shogirdlari 3 ochko bilan oxirgi o‘rinda bormoqda. Tomonlarning birinchi davradagi to‘qnashuvida "sherlar" 1:0 hisobida zafar quchgandi.

Fikrlar