
OChL: Jaloliddin Masharipov va Otabek Shukurovga qanday ball qo‘yildi? (Foto)
Kecha Osiyo chempionlar ligasida nimchorak finallari bo‘lib o‘tdi. "Al-Nassr" o‘z uyida "Traktor"ni qabul qildi. Bellashuvda riyodliklar minimal hisobda g‘alaba qozondi. Yagona gol Vinsent Abubakar tomonidan kiritildi. Legionerimiz Jaloliddin Masharipov boshlang‘ich tarkibda maydonga tushdi va to‘liq o‘ynadi.
"Sharja" va "Al-Vahda" jamoalari ishtirokidagi bahsning asosiy vaqti 1:1 hisobida yakunlandi. Qo‘shimcha bo‘limlarda g‘olib aniqlanmadi. Penaltilar seriyasida omad mehmonlarga kulib boqdi.
Sharjaliklar safida harakat qilayotgan hamyurtimiz Otabek Shukurov asosiy tarkibda maydonga tushib, uchrashuvni to‘liq o‘tkazdi. Shuningdek, legionerimiz penaltilar seriyasida 11 metrlik nuqtadan aniq zarba yo‘lladi.
Uchrashuvlarda harakat qilgan Jaloliddin Masharipov va Otabek Shukurovning harakatlari fotmob talqiniga ko‘ra baholandi. Jaloliddin Masharipov jamoasida eng yaxshi ballga loyiq ko‘rilgan ikki futbolchidan biri, Otabek Shukurov jamoasidagi eng yuqori ball olgan uchinchi futbolchi.
Fikrlar