OChL. Otabek Shukurov jamoasi Muhammad Isaev jamoasini mag‘lub etdi

Osiyo chempionlar ligasi 2-turidan o‘rin olgan "Sharja" - "Istiqlol" uchrashuvi yakuniga etdi. Mazkur bahsda nominal mezbonlar yirik 2:1 hisobida zafar quchdi. 

Dastlab 29-daqiqada Manuchexr Jalilov tojikistonlik qo‘shnilarimizning hisobda oldinga chiqib olishini ta’minlagandi. Biroq 54-daqiqada Kayo Fernandes muvozanatni tikladi. Oradan 3 daqiqa o‘tar-o‘tmas BAA klubi Bernard Duartening goli evaziga hisobni 2:1 ko‘rinishiga keltirib qo‘ydi. 

Shu tariqa, "Sharja"ning ochkolari soni 3 taga etdi. "Istiqlol" hali ochko qo‘lga kirita olmadi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!