
OChLga tayyorgarlik ko‘rayotgan "Nasaf" bugun Pro-ligada qatnashadigan "Sho‘rtan" bilan o‘ynaydi
Xabaringiz bor Qarshining “Nasaf” klubi kelayotgan yangi haftada Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichida o‘z yurishini boshlaydi.
Bizga berilgan ma’lumotlarga qaraganda “ajdarlar” bugun Qarshi shahridagi “Geolog” majmuasida yangi mavsumni Pro-ligada o‘tkazadigan G‘uzorning “Sho‘rtan” klubiga qarshi nazorat bahsida maydonga tushadi. Ushbu bahs soat 12:00da start oladi.
Eslatib o‘tamiz, “Nasaf” OChLdagi ilk bahsini 13 fevral kuni Eronning “Persepolis” jamoasiga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar