OChLning 2 ta guruh o‘yinlari markazlashgan holda O‘zbekistonda o‘tkazilishi mumkin

  • 28.04.2021 11:03
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol

Turli mustaqil manbalardan olingan xabarlarga ko‘ra, O‘zbekiston markazlashgan holda tashkil etiladigan Osiyo Chempionlar ligasi Sharqiy mintaqasining 2 ta guruh o‘yinlariga mezbonlik qilishi mumkin. Bu haqda o‘zbekistonlik futbol mutaxassisi Alisher Nikimbaev o‘zining telegram sahifasida ma’lum qildi.

Xitoy, Yaponiya va Janubiy Koreya kabi mamlakatlar “JCh-2022” hamda “Osiyo kubogi-2023” uchun markazlashgan holda o‘tkaziladigan qo‘shma saralash o‘yinlarini o‘tkazishga rozi, ammo ushbu davlatlar OChL o‘yinlarini qabul qilishni istashmayapti.

Sharqiy mintaqaning guruh bosqich o‘yinlari iyun-iyul oylarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Hozircha ushbu markazlashgan o‘yinlar yurtimizning qaysi stadionlarida o‘tkazilishi haqida ma’lumotlar yo‘q.

OChLning G‘arbiy mintaqasida guruh bosqich o‘yinlari markazlashgan holda Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari va Hindistonda o‘tkazilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
нодирбек.фк насаф
28/04/2021 11:29
СОККА КИЛИШИ ЯНГИ УСУЛИ НИМАГА БУНАКА ТАКЛИФЛАНИ ОЛДИНРОК КИЛИШМАЙДИ ХИЧ БУЛМАСА ОКМК ИЛИ ПАХТАКОР УЙИНЛАРИНИ УЗБЕКИСТОНДА КУРАРДИК УЗБЕКИСТОНДА ФУТБОЛ БУЛСА УЙОКДАН БУЙОКДАН СУДЯДИ СОТИБ ОЛАРМИДИК ШУНДА 2 КАМАНДАМИЗ ГУРАППАДАН ЧИКАРДИ