O‘FA: Eronga qarshi 2 ta o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkaziladi

  • 11 avgust, 2021, 13:13
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Osiyo kubogi-2022 saralash bahslariga tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi Toshkent shahrida navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazadi.

18-27 avgust kunlari tashkil etiladigan yig‘in doirasida ayollar terma jamoamiz Eron vakillariga qarshi ikkita o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi. Mazkur uchrashuvlar 23 va 26 avgust kunlari “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tadi.

Murabbiylar shtabi 10 kun davom etadigan ushbu yig‘inga 23 nafar futbolchini jalb etgan.

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi sentabr oyida yurtimiz maydonlarida o‘tadigan Osiyo kubogi saralash bahslarida Janubiy Koreya va Mongoliya vakillari bilan kuch sinashadi.

Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari

23 avgust | 17:00
O‘zbekiston – Eron

26 avgust | 17:00
O‘zbekiston – Eron

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!