O‘FA Etika Qo‘mitasi totalizatorda ishtirok etgan shaxslarga jazo tayinladi

  • 5 avgust, 2019, 16:54
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi oldida turgan asosiy vazifalardan biri futbolimizni orqaga tortayotgan illatlardan bo‘lgan kelishilgan o‘yinlar va totalizatorda ishtirok etish kabi holatlarga qarshi keskin kurash olib borish. Shu maqsadda faoliyat olib borayotgan Etika qo‘mitasi yana bir holatni aniqladi va jazo belgiladi. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Tecno

Unga ko‘ra, “Oq-tepa” klubining sobiq bosh murabbiyi Yaroslav Krushelnitskiy 1 yil muddatga futbol bilan bog‘liq har qanday faoliyatdan chetlashtirildi. 2019 yil 12 iyun kuni o‘tkazilgan “Oq-tepa” va “Iftixor” futbol klublari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvida Krushelnitskiy murabbiy bo‘la turib totalizator o‘yniga aralashgani ma’lum bo‘ldi. Jazo tayinlashda Yaroslav Krushelnitskiyning o‘z aybini to‘liq tan olib, qattiq pushaymonligini bildirganligini inobatga olindi.

O‘sha uchrashuvda “Iftixor” klubi sharafini himoya qilgan, hozirda esa “Qizilqum” jamoasida faoliyat olib borayotgan Nodir Kamolov ham totalizator o‘yini ishtirokchisiga aylangani aniqlandi. Kamolov ham o‘z aybini to‘liq tan olib, qattiq pushaymonligini bildirganligi uchun Qo‘mita tomonidan O‘FA intizom kodeksining tegishli bandiga asosan olti oy muddatga muddatga futbol bilan bog‘liq har qanday faoliyatdan chetlashtirildi.

"O‘FA Etika Qo‘mitasi futbol sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar, murabbiylar va futbolchilarni professionallik, tartib-intizom va halollik qoidalariga rioya qilgan holda ishlashga chaqiradi", - deyiladi xabarda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!