
O‘FA final oldidan OAV xodimlariga muhim xabarni e’lon qildi!
Xabaringiz bor, bugun poytaxtimizdagi "Bunyodkor" stadionida futbol bo‘yicha U-20 Osiyo kubogi final uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Hal qiluvchi o‘yinda O‘zbekiston terma jamoasi Iroqqa qarshi bahs olib boradi.
Shu munosabat bilan O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi OAV xodimlari uchun muhim eslatmani ma’lum qildi.
"OAV vakillari diqqatiga!
O‘zbekiston U-20 Osiyo kubogi final uchrashuviga qiziqish yuqori ekanligini inobatga olgan holda, tashrif buyuruvchi OAV vakillari “Bunyodkor” stadioniga 5-kirish darvozasi orqali stadionga kirishlari mumkin bo‘ladi. Boshqa darvozalar orqali faqatgina muxlislar kiritiladi. Media vakillari stadionda maxsus zonalarda harakatlanishi, o‘rnatilgan tartibga rioya qilishi va faqatgina 5-kirish darvozasi orqali kirib-chiqishlari so‘raladi.
Stadionga kirishda OFK tomonidan taqdim etilgan akkreditatsiyalar ko‘rsatilishi shart", - deyiladi O‘FA xabarida.
Fikrlar