O‘FA Hakamlar qo‘mitasi qaroriga ko‘ra "Aral" – "Do‘stlik uchrashuvini boshqarib borgan hakamga jiddiy choralar ko‘rildi

  • 14 mart, 2024, 18:23
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Joriy yilning 12 mart kuni O‘zbekiston Pro ligasi 1-turidan o‘rin olgan “Aral” – “Do‘stlik” bahsi bosh hakami Jaloliddin Husnitdinov o‘yinda yo‘l qo‘ygan xatolari tufayli uchrashuv nazoratchisi tomonidan 7,4 (qoniqarsiz) bahosiga loyiq ko‘rildi. Unga ko‘ra, O‘FA Hakamlar qo‘mitasi tomonidan Ekspert-hakamlar komissiyasining chiqargan xulosasi, uchrashuv nazoratchisining qo‘ygan bahosi inobatga olingan holda bosh hakam Jaloliddin Husnitdinovga Hakamlar tartib-intizom kodeksining 2.3.3-bandiga muvofiq, barcha musobaqalardan 2024-yil 15-mayga qadar, ya’ni:

Tecno

— O‘zbekiston Kubogidan 3 ta tur;
— Superliga bahslaridan 4 ta tur;
— Pro liga bahslaridan 6 ta tur;
— Ayollar Oliy ligasidan 8 ta tur;
— U21 ligasidan 4 ta tur uchrashuvlariga chetlatish, o‘yin uchun belgilangan hakamlik maoshidan 75% miqdorida olib tashlash jarima-intizom chorasi qo‘llanildi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!