O‘FA nega OFKga yozgan arizasini qaytarib oldi?

  • 16 dekabr, 2020, 22:29
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston "Osiyo kubogi-2027"ga mezbonlik qilish bo‘yicha OFKga ariza topshirgandi. Biroq O‘FA bu musobaqani o‘tkazish bo‘yicha taklifini qaytardi. Bu haqda taniqli mutaxassis Alisher Nikimbaev telegramdagi sahifasida ma’lum qildi.

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi OFKga 2027 yilgi Osiyo kubogini o‘tkazish bo‘yicha bergan taklifini rasmiy ravishda qaytarib oldi.

Endi ariza bergan davlatlar soni 4 ta qoldi: Hindiston, Eron, Qatar va Saudiya Arabistoni, - dedi Alisher Nikimbaev.

O‘FA hozircha, nega ushbu nufuzli musobaqani o‘tkazish fikridan qaytgani borasida bayonot bermadi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!