
O‘FA Osiyo kubogi saralashini qabul qilish bo‘yicha OFKga murojaat yo‘llagan
O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi 2022 yilgi Osiyo kubogi saralash bahslariga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Toshkent shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini olib boradi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.
Bahrom Norsafarov murabbiyligi ostidagi ayollar terma jamoamiz “Chig‘atoy” bazasida 10-17 dekabr kunlari mashg‘ulot o‘tkazadi.
Kelasi yili sentyabr oyida bo‘lib o‘tadigan saralash turnirini O‘zbekistonda qabul qilish bo‘yicha O‘FA OFKga murojaat yo‘llagan. Saralash bahslari mezbon mamlakatlar nomi va qur’a tashlash marosimi kelasi yili mart-aprel oyida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Murabbiylar shtabi bu yil hisobidan so‘nggi o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga 23 futbolchini jalb etgan.
Yig‘inga chaqiruv olgan futbolchilar ro‘yxati:
1. Gulandon Boymatova
2. Zarina Saidova
3. Zuxraxon Abdurahimova
4. Madina Hikmatova
5. Shodiya Tosheva
6. Moxira Jo‘raboeva
7. Yulduz Hamdamova
8. Nozima Komoltoeva
9. Yulduz Nabieva
10. Madina Yusupova
11. O‘g‘iloy Ilasheva
12. Oybarchin Turg‘unova
13. Ezoza Sharipova
14. Muxlisa Mardieva
15. Setora Takaboeva
16. Durdona Baxtiyorova
17. Gulchexra Eshmamatova
18. Madina Vohidova
19. Maftuna Panjieva
20. Nilufar Dadajanova
21. Dildora Ergasheva
22. Lianna Narbekova
23. Gulzoda Amirova
Fikrlar