O‘FAda yig‘ilish bo‘ldi va yangi tayinlov e’lon qilindi (Foto)

  • 19 oktabr, 2020, 17:04
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi faxriylar kengashi raisi lavozimiga mutaxassis tayinlash bo‘yicha kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

Yig‘ilishda Birodar Abduraimov, Nikolay Lyubartsev, Evgeniy Valitskiy, Vyacheslav Soloxo, Shamil Yafarov, Farhod Magamedov, Ahrol Inoyatov, Mannop Yakubov, Shokir Ismoilov, To‘lagan Isoqov va yana bir qator faxriylar ishtirok etdi.

Yig‘ilish avvalida, O‘FA bosh kotibi Avaz Maksumov so‘z boshlab, O‘zbekiston futbol faxriylar kengashi raisi marhum Narimon Jalolov, uning futbol sohasida bosib o‘tgan yo‘li, o‘zbek futboliga qo‘shgan hissasi to‘g‘risida ta’kidlab o‘tdi. Faxriylar kengashi raisi lavozimiga mas’uliyatli, tajribali nomzodni tayinlash va ushbu mas’uliyatli ishda kengash a’zolari fikri muhim o‘rin tutishini ta’kidladi.

Shuningdek, Faxriylar kengashi a’zosi Evgeniy Valitskiy so‘zga chiqib, Narimon Jalolov haqida iliq fikrlar bildirib, ularning faoliyatini munosib davom ettirish hamda Faxriylar kengashini ushbu ishlarda faol bo‘lishga chaqirdi.

Majlis davomida kengash a’zosi Ahrol Inoyatov faxriylar salomatligini yaxshilash, futbol bilan doimiy shug‘ullanishini ta’minlash maqsadida, musobaqa va xotira turnirlarini karantin talablariga rioya qilgan holda ko‘proq tashkil etish hamda Faxriylar kengashi raisi lavozimiga munosib nomzodni saylash kerakligini ta’kidladi.

Shundan so‘ng, uzoq yillardan beri ushbu kengashda rais yordamchisi lavozimida ishlab kelayotgan o‘zbek futboli afsonasi To‘lagan Isoqovga so‘z berildi. To‘lagan O‘lmasovich barchani hozirgi kunda kengash tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan musobaqalar haqida xabardor qilib o‘tdi.

photo_2020-10-19_13-49-27

Avaz Maksumov faxriylar kengashi raisi lavozimiga mutaxassis tayinlash yuzasidan To‘lagan Isoqov nomzodini tavsiya qildi va kengash a’zolari tomonidan bir ovozdan ma’qullandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!