O‘FA yig‘ilish o‘tkazildi

  • 20 may, 2019, 13:01
  • Bekzod Isayev
  • 4
  • Futbol
CHERY AUTO
Bugun O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasida hududiy futbol assotsiatsiyalari vitse-prezidentlari va futbol akademiyalari direktorlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni O‘FA Birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov olib bordi. Yig‘ilishda hududiy bolalar-o‘smirlar futbol akademiyalari faoliyati tanqidiy ko‘rib chiqildi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.
 
Birinchi navbatda futbol akademiyalarining infratuzilmasini yaxshilash, sifatli maydonlar barpo qilish, akademiya tarbiyalanuvchilariga barcha shart-sharoitlarni muhayyo qilish masalalari muhokama qilindi.
 
Mamlakatda futbolni rivojlantirishda akademiyalarning ahamiyati yuqori ekanini ta’kidlaranar ekan, akademiyalarning asosini mustahkam qilib shakllantirilish asosiy vazifalardan biri ekanini aytib o‘tildi. Bu borada futboli rivojlangan xorij akademiyalari tajribasidan faol ravishda foydalanish zarurligi ham ta’kidlandi. Jumladan, Qatar milliy terma jamoasining so‘nggi Osiyo Kubogidagi muvaffaqiyatida bu mamlakatda faoliyat yuritayotgan "Aspire" akademiyasi, u erda ishlayotgan xorijiy mutaxassislarning o‘rni katta ekani qayd etib o‘tildi. Shundan kelib chiqib, yurtimizdagi hududiy bolalar-o‘smirlar futbol akademiyalari direktorlari va murabbiylarini malaka oshirish va tajriba o‘rganish uchun futboli rivojlangan Ispaniya, Italiya, Gollandiya kabi mamlakatla akademiyalariga safarga yuborish bo‘yicha ham topshiriqlar berildi.
 
Shuningdek, hududiy bolalar-o‘smirlar futbol akademiyalaridagi bo‘sh ish o‘rinlarini malakali mutaxassislar bilan to‘ldirish, yuqori saviyali murabbiylarni bu erga jalb qilish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Ilhomjon Abdurahmanov
20/05/2019 13:28
Мираброр бувани қадрига етмадикмикан мана кимларни қўлида қолди футболиммиз
АС МИЛАН
20/05/2019 13:14
Шу Умид Ахмаджоновни УФА дан ҳам олиш керак футболимизга футбол майданида кўп йиллар туп сурган ва фидойи ватанпарвар инсонни қўйиш керак қайёқдаги саёҳатчи ва сельфичилар керакмас
&
ЮСУФ
20/05/2019 16:26
Ахмаджанов аут вапще булмагур одам экан олдинларин бунака наглилик килмасди судялар
&
Sash
20/05/2019 18:04
Fudbol ichida yurgan odamni Ufaga boshliq qilish kerak. Sayohatchi tadqiqodchilar kerakmas. Nomzod ham bor RAVSHAN ERMATOV. Bu odam uzini yunalishi va maktabini yarata olishiga 100% ishonaman.