OFK klublar reytingi: O‘zbekiston Eronni ortda qoldirishi mumkin. Buning uchun "Nasaf"...
Kecha “Paxtakor” Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichining so‘nggi turida Saudiya Arabistonining “Al-Ta’vun” klubini 5:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng OFK klublar reytingida o‘zgarish bo‘ldi. G‘arbiy mintaqada 3-o‘rinda borayotgan O‘zbekiston 2-o‘rindagi Eron bilan farqni qisqartirdi.

Agar bugun “Nasaf” guruh bosqichining so‘nggi turida Iordaniya klubiga ikki to‘p farqi bilan mag‘lub bo‘lmasa, Qarshi nafaqat 1/8 finalga chiqadi, balki O‘zbekiston OFK klublar reytingida ikkinchi pog‘onaga qaytadi. Agar “Nasaf” durang yoki g‘alaba qayd etsa, bu O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi farqni yanada oshiradi.
Eslatib o‘tamiz, “Nasaf”ning OChLdagi yurishidan tashqari, “So‘g‘diyona”ning OFK kubogida ko‘rsatadigan natijalari ham reytingda O‘zbekistonning o‘rniga yaxshigina ta’sir o‘tkazadi.
Ma’lumot uchun, Eron klublari orasidan faqatgina “Fulad” pley-offga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Fikrlar