
OFK kubogi. "So‘g‘diyona"ning bugungi o‘yini qaysi telekanalda jonli namoyish etiladi? (Foto)
"So‘g‘diyona" bugun OFK kubogi doirasida Turkmanistonning "Oltin Asr" jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
3-turdan o‘rin olgan ushbu hal qiluvchi bahs Toshkent vaqti bilan 19:00da start oladi. Uchrashuvni "Futbol TV" jonli efirda namoyish etadi.
Ayni payt "E" guruhi turnir jadvalida Ulug‘bek Baqoev shogirdlari 6 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Ularning bugungi raqibi "Oltin Asr" klubi 4 ochko jamg‘argan holda ikkinchi o‘rinni band etgan.
Fikrlar