
OFK Prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim al Xalifa Toshkentga etib keldi
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi taklifi bilan Osiyo futbol konfederatsiyasi Prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim al Xalifa O‘zbekistonga tashrif buyurishi haqida xabar bergan edik.
Biroz oldin martabali mehmon yurtimizga etib keldi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berib o‘tdi.
Qit’a futbol uyushmasi rahbarini Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiev, Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o‘rinbosari Oybek Kasimov hamda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov kutib oldilar.
Osiyo Futbol Konfederatsiyasi hamda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, o‘zaro ishonch va munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan ushbu tashrif davomida Shayx Salmon yurtimiz futbolidagi islohotlar va kelajakdagi rejalar bilan yaqindan tanishadi.
Fikrlar