OFK prezidenti Umid Ahmadjonovni kirib kelayotgan Yangi yil bilan tabrikladi

  • 28 dekabr, 2017, 11:14
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

Osiyo Futbol Konfederatsiyasi prezidenti Shayx Salmon Ibrohim Al-Halifa O‘FF prezidenti Umid Ahmadjonovni kirib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan tabrikladi.

OFK prezidenti O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi prezidenti Umid Ahmadjonov nomiga jo‘natgan tabriknomasida shunday deydi: «Kirib kelayotgan yangi 2018 yil munosabati bilan men Sizga eng ezgu tilaklarimni va salomlarimni etkazib qolaman.

Umid qilamanki, kirib kelayotgan yangi yil Sizga va Sizning oila a’zolaringizga xursandchilik va omad keltiradi. Sizga va O‘zbekiston Futbol Federatsiyasida faoliyat yuritayotgan Sizning jamoangizga bayramni quvonch bilan o‘tkazishni tilayman.

Kirib kelayotgan 2018 yilda Osiyo futbolining taraqqiyoti va yangi samarali yutuqlariga birgalikda guvoh bo‘lamiz, deb umid qilaman», - dedi Shayx Salmon o‘z tabriknomasida.

Shuningdek, Yangi bayrami munosabati bilan tabriknomalar Yaponiya, Janubiy Koreya, Eron, BAA, Iordaniya, Qatar, Serbiya futbol assotsiatsiyalaridan ham kelgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!