
OFK qit’a miqyosidagi musobaqalarning yangi sanalarini e’lon qildi
"Bugun Osiyo Futbol Konfederatsiyasi Kuala-Lumpurdagi bosh qarorgohda rasmiy yig‘ilish o‘tkazdi. Unda U-19 va U-16 Osiyo chempionatlarining 2021 yil boshida o‘tkazilishi ma’lum qilindi.
Futzal bo‘yicha BAA mezbonligida o‘tishi rejalashtirilgan klublar o‘rtasidagi Osiyo chempionati bekor qilindi.
Shuningdek, Quvaytda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan Futzal bo‘yicha Osiyo chempionati joriy yilning 2-13 dekabr kunlari bo‘lib o‘tishi xabar qilindi.
Bundan tashqari, yig‘ilishda Osiyo Chempionlar Ligasi yangi taqvimi masalasida ham so‘z bordi. Unga ko‘ra, sharqiy mintaqada uchrashuvlar 15 noyabrdan 13 dekabrgacha bo‘lib o‘tadi. Final uchrashuvi esa bitta uchrashuvdan iborat bo‘lgan holda g‘arbiy mintaqada 19 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi", - deyiladi tashkilot rasmiy sahifasi taqdim etgan ma’lumotda.
Fikrlar