Asosiy mazmunga oʻtish

Og‘ir atletika. Diyorbek Ro‘zmetov jahon chempionatini kuchli beshlikda yakunladi

Baxtiyorjon Toshtemirov
Izohlar: 0

Hamyurtimizga biroz omad etishmadi.

Xabar berganimizdek, shu kunlarda Ispaniyaning Leon shahrida yoshlar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Hozirgina erkaklar o‘rtasida -67 kg vazn toifasida bahslar o‘z yakuniga etdi.

Ushbu vazn toifasida supachaga ko‘tarilgan hamyurtimiz Diyorbek Ro‘zmetov dast ko‘tarishda 135 kg (4-o‘rin), siltab ko‘tarishda 160 kg (6-o‘rin) va umumiy 295 kg natija bilan 5-o‘rinni egalladi.

Yana birozdan so‘ng ayollar o‘rtasida -59 kg vazn toifasida hamyurtimiz Nigora Abdullaeva ishtirokidagi bahs boshlanadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q