Og‘ir atletika. “Prezident Olimpiadasi”da yangi rekord o‘rnatildi!

–76 kg vazn toifasidagi o‘smir qizlar bahsi yuqori darajadagi raqobat va murosasiz kurashlar bilan yakunlandi. Unda Surxondaryo viloyati vakilasi Shahnoza Haydarova O‘zbekiston rekordini yangilashga muvaffaq bo‘ldi.

Shahnoza siltab ko‘tarish mashqida 123 kg toshni muvaffaqiyatli ko‘tarib, amaldagi O‘zbekiston rekordini yangiladi. Dast ko‘tarish bosqichida esa u 97 kg natijani qayd etdi. Natijada ikki kurash bo‘yicha jami 220 kg ko‘rsatkich bilan mutlaq ustunlikka erishdi va o‘z vazn toifasida oltin medal sohibasiga aylandi.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!