Og‘ir atletikachi qizimiz 3 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi

AQShning Las-Vegas shahrida og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionati bahslari davom etmoqda. MOQning ma’lum qilishicha, musobaqaning navbatdagi kun dasturida ishtirok etgan vakilamiz chempionlikni qo‘lga kiritdi.

Qizlar o‘rtasida -49 kg vazn toifasida ishtirok etgan Nigora Abdullaeva dast ko‘tarishda 75 kg, siltab ko‘tarishda 90 kg va umumiy hisobda 165 kg natija qayd etdi. Ishtirok etgan sportchilar orasida hech qaysi biri yurtdoshimizning bu natijalarini yaxshilay olmadi va Nigora musobaqaning mutlaq chempioniga aylandi.

O‘smirlar o‘rtasida JCh. Las-Vegas, AQSh
Qizlar, -49 kg
1. Nigora Abdullaeva (O‘zbekiston) – 165 kg
2. Valentina Kambei (Ruminiya) – 159 kg
3. Kayya Braynt (AQSh) – 154 kg

Eslatib o‘tamiz, kecha yigitlar o‘rtasida -55 kg vazn toifasidagi bahslarda Og‘abek Nafasov 2 ta kumush medalini qo‘lga kiritgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!