Og‘ir atletikachilarimiz "10th Qatar weightlifting cup" musobaqasiga jo‘nab ketishdi

19-27 dekabr kunlari Qatar poytaxti Doha shahrida og‘ir atletika bo‘yicha "10th Qatar weightlifting cup" musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Bugun mazkur musobaqada ishtirok etadigan O‘zbekiston terma jamoasi Doha shahriga yo‘l oldi.

Mamlakat og‘ir atletika federatsiyasining ma’lum qilishicha, bo‘lajak turnirda jamoamiz quyidagi tarkibda medallar uchun kurash olib boradi:

Erkaklar:

-65 kg: Adhamjon Ergashev
-79 kg: Abdulaziz Alimjonov
-94 kg: Muhammadqodir Toshtemirov
+110 kg: Amir Abdullaev

Ayollar:

-48 kg: Munisa Odilova
-58 kg: Nigora Abdullaeva
-63 kg: Ziyoda Xudoyqulova
-77 kg: Mashhura Rustamova
-88 kg: Nigora Rustamova
 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!