OKMK besh yillik futbolchisi bilan xayrlashdi

  • 07.01.2026 15:25
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol

OKMK himoyachi Dilshod Ahmadaliev bilan xayrlashdi. Bu haqida klub o‘zining rasmiy sahifasida ma’lum qildi.

OKMK FK va futbolchi Dilshod Ahmadaliev o‘rtasida o‘zaro tuzilgan mehnat shartnomasi muddati yakuniga yetgani munosabati bilan tomonlar kelishuv asosida hamkorlikni yakunladi.

2021 yildan buyon Olmaliq jamoasi sharafini himoya qilib kelgan tajribali sobiq futbolchimiz klub safida 5 mavsum davomida barqaror va fidokorona o‘yin namoyish etdi. Asosan himoyachi pozitsiyasida harakat qilgan Dilshod Ahmadaliev «konchilar» safida jami 146 ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol hamda 18 ta golli uzatma bilan jamoa muvaffaqiyatlariga munosib hissa qo‘shdi.

OKMK FK rahbariyati Dilshod Ahmadalievga klub safidagi faoliyati davomida ko‘rsatgan professionalligi, mas’uliyati va jamoa manfaatlari yo‘lida olib borgan mehnati uchun minnatdorlik bildiradi. Klub futbolchining kelgusidagi faoliyatida barqarorlik va muvaffaqiyatlar tilaydi.  Barchasi uchun rahmat, Dilshod”, - deyiladi olmaliqliklar xabarida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!